Namangan viloyati Namangan tumani Navbahor shaharchasidagi 30-umumta’lim maktabining yangi binosi foydalanishga topshirildi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi xabar bermoqda.
Qurilish-montaj ishlariga 1 milliard 400 million so‘mdan ziyod mablag‘ sarflangan maktabning ikki qavatli ko‘rkam binosi qurilishi “Murodil vaqt invest” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan amalga oshirildi.
“Maktabda 420 nafar o‘quvchining zamonaviy ta’lim olishi uchun barcha zarur sharoit yaratilgan, — dedi Namangan tumani xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limi mudiri Dilbarxon Hoshimova. — Fanlar bo‘yicha tegishli o‘quv-laboratoriya, sport jihozlari bilan ta’minlangan sinf xonalari, sport zali yoshlarning puxta bilim olishi, jismonan toblanishi, bir so‘z bilan aytganda, har tomonlama barkamol ulg‘ayishiga xizmat qiladi”.
Izoh (0)