Boliviyada Evo Morales uchinchi marotaba davlat rahbari lavozimiga kirishdi. Bu haqda Agence France-Presse axborot agentligiga asoslanib “Kun.uz” xabar berdi.
Morales chap qo‘lini ko‘targancha, “Boliviya xalqi va barcha odamzod orasidagi tenglik uchun” deya xalqiga qasamyod keltirdi, deyiladi ushbu xabarda.
Ma’lumot uchun, Morales 2006-yildan beri prezidentlik lavozimini egallab kelmoqda. Uning uchinchi prezidentlik muddati 2020-yilgacha davom etadi.
Izoh (0)