The Times gazetasi Eronda yaqin vaqt ichida 30 yoshgacha bo‘lgan turmush quruvchilar uchun rasmiy tanishuv sayti ishga tushiriladi, deb xabar bermoqda “Gazeta.ru”.
Qayd etilishicha, eronlik yoshlar shia mazhabi uchun an’anaviy bo‘lgan vaqtinchalik nikoh amaliyoti orqali mavjud qattiq nikoh qonunchiligidan qochishni ma’qul ko‘radilar.
Hozirda mamlakatda aynan shunday turmush munosabatlarini reklama qiluvchi yuzlab tanishuv saytlari faoliyat ko‘rsatmoqda.
Izoh (0)