Toshkent shahrida benzin tashuvchi mashina ag‘darilib ketdi. Bu haqda Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” guruhi a’zolari ma’lum qildi.
Guruhda keltirilgan suratlarda benzovoz ag‘darilib yotgani, shuningdek ko‘plab odamlar undan benzin olib ketayotgani hamda o‘z mashinalariga quyayotgani tasvirlangan.
Voqea Toshkent shahrida sodir bo‘lgan. Ammo qachon va qaysi ko‘chada yuz bergani noma’lum. Bundan tashqari benzovozning davlat raqami Samarqand viloyatidan ekanligini bildirib turadi. Benzovoz qanday ag‘darilgani va haydovchisi qayerdaligi haqida ma’lumot yo‘q.
Izoh (0)