“Barselona” klubining sobiq futbolchisi Yoxan Kroyf “Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu “Oltin to‘p”ni nohaq olganini aytib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Uff.uz”.
“Bu sovrinni futbolchining mahorati va qayd etgan natijalariga qarab berish kerak. Bu holatda bir narsa tushunarsiz. Nima sababdan ketma-ket ikkinchi yil ‘Oltin to‘p’ haqiqatan zo‘r bo‘lgan futbolchiga topshirilmayapti? Ikki yil avval ‘Bavariya’ barcha sovrinlarni qo‘lga kiritdi. Ammo hech kim bunga ahamiyat qaratmadi.
‘Oltin to‘p’ni myunxenliklarning futbolchisigamas, Krishtianu Ronalduga topshirishdi. Ushbu mavsumda Kroos Jahon chempioni bo‘lgan Germaniya terma jamoasining asosiy futbochlisi bo‘ldi. Ammo bu futbolchi hattoki kuchli uchlikdan ham joy olmadi. Ronaldu Jahon chempionatida umuman ‘ko‘rinmadi’. Shu sababli ushbu sovringa jiddiy qaramayman”, − deyd Kroyf.
Izoh (0)