Rossiyalik astronomlarning tashabbuskor guruhi 18-yanvar oqshomida Amur viloyati aholisining katta qismi guvoh bo‘lgan Blagoveshensk shahri ustida ko‘ringan g‘alati yog‘du AQShning Falcon 9 tashuvchi raketasining ikkinchi qismi ekanligini aniqladi, deb xabar bermoqda “Rossiyskaya gazeta”.
Ma’lumotlar Yerning ko‘plab sun’iy yo‘ldoshlari haqida axborotga ega bo‘lgan “Space-track.org” bazasi yordamida birlashtirilgan. Unda oxirgi kunlarda Yerga tushishi kutilgan obyektlar kuzatilgan, ular orasida eng mos kelgani Falcon 9 bo‘lgan. Uning harakati trayekotiyasi Blagoveshensk osmonida ko‘ringan yog‘du trayektoriyasiga mos kelgan.
10-yanvar kuni uchirilgan Falcon 9 raketasi Xalqaro kosmik stansiyaga Dragon kemasini olib chiqqan edi. Muhandislarning raketaning birinchi qismini qayta ishlatish uchun Yerga qaytarishga harakat qilgan, biroq bu besamar ketgan.
Raketa bo‘lagi portlashini Rossiya sharqidagi Amur viloyati aholisning aksariyati kuzatgan. Osmonda porlayotgan iz Blagoveshensk, Shimanovsk, Svobodniy, Uglegorsk va Belogorskda ko‘ringan. Odamlar yog‘duni meteorit deb o‘ylagan.
Izoh (0)