Adidas kompaniyasi “Barselona” futbolchisi Lionel Messini qaysi sport brendi bilan ko‘proq bog‘lashlari borasida tadqiqot o‘tkazdi. So‘rovnomada qatnashganlarning 70 foizi Messini Nike kompaniyasi bilan bog‘ladi, deb xabar beradi “Uff.uz”.
Bunga “Barselona”ning aynan shu kompaniya bilan hamkorlik qilishi sabab qilib ko‘rsatilmoqda. Qatnashchilarning faqatgina 30 foizi Adidas kompaniyasini tanladi. Messining o‘zi homiylik shartnomasini aynan Adidas kompaniyasi bilan imzolagan.
Nemis kompaniyasi rahbariyati Messining “Chelsi” yoki “Manchester Siti”ga o‘tishi Adidas’ga argentinalik futbolchi bilan hamkorlikda ko‘proq mablag‘ ishlab topishiga yordam beradi, deb hisoblamoqda. Shu sababli kompaniya rahbarlari Messini “Barselona”dan ketishga ko‘ndirishni mo‘ljallamoqda.
Izoh (0)