Rossiya Tashqi ishlar vazirligining inson huquqlari bo‘yicha vakili Konstantin Dolgov AQShning Guantanamodagi harbiy dengiz kuchlari bazasida joylashgan maxsus izolyatorni yopish bo‘yicha AQSh hukumatining harakatsizligi Vashington inson huquqlari himoyasi sohasida ikki yoqlama standartlarni qo‘llayotganidan darak berishini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Interfaks”.
“Guantanamoda ko‘p yillardan buyon o‘nlab mahbuslarning sudsiz saqlab kelinayotgani inson huquqlari va demokratiyaning fundamental asoslariga mos kelmaydi. Ayniqsa bu Markaziy razvedka boshqarmasining xorijdagi qamoqxonalardagi qiynoqlarni amalga oshirilishi qisman oshkor bo‘lishi asnosida yaqqol namoyon bo‘aldi.
Guantanamodagi harbiy dengiz kuchlari bazasida joylashgan maxsus izolyatorni yopish bo‘yicha AQSh hukumatining harakatsizligi Vashington inson huquqlari himoyasi sohasida ikki yoqlama standartlarni qo‘llayotganining navbatdagi tasdig‘idir”, − dedi Dolgov.
Izoh (0)