Noqonuniy valyuta oldi-sotdisi bilan shug‘ullanuvchilar orasida ayollarning ham borligi kishini ajablantiradi, deb yozadi “Huquq” gazetasi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasining To‘rtko‘l tumanida yashovchi ikki ayol To‘rtko‘l savdo majmuasi hududida 5 ming 521 AQSh dollari, 28 ming 500 Rossiya rubli va 6 ming Qozog‘iston tengesini qonunga xilof ravishda olib-sotish bilan shug‘ullanayotgan vaqtda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan ushlandilar.Mazkur holat yuzasidan sudlanuvchilar tegishli jazoga tortildilar.
Izoh (0)