Ispaniya Qiroli kubogining chorak finaliga “Qirollik klubi”emas, “Atletiko” yo‘l oldi. Anchelotti shogirdlari o‘z oldilariga qo‘yilgan vazifani uddalay olishmadi, deb xabar bermoqda “Stadion.uz”.
“Visente Kalderon” stadionida o‘tkazilgan dastlabki o‘yinda “Atletiko” 2:0 hisobida g‘alaba qozongandi. Shu bois, “Real”ning vazifasi oson emasdi, ammo uddalab bo‘lmaydigan ish ham emasdi. Buning uchun Anchelotti jamoasi o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab, 90 daqiqa davomida hech bo‘lmaganda 2 ta gol urib, o‘yinni qo‘shimcha bo‘limlarga ko‘chirishi mumkin edi. Bu ish hozirgi “Real”ning qo‘lidan kelardi.
Ammo Fernando Torres hammasini “rasvo” qildi. “Matraschilar” har ikkala bo‘limning birinchi daqiqasidayoq (1 va 46-daqiqalar) raqib darvozasini ishg‘ol qilib, o‘yindagi intrigani birato‘la “o‘ldirib”, “yanchib”, “ko‘mib” tashladi. Birinchi bo‘lim davomida “qaymoqranglilar” katta bosim uyushtirishdi. Bitta gol urishdi hattoki. Ammo ikkinchi goldan keyin “Real” 4 ta gol urishi uchun 45 daqiqa kamlik qilardi. Ronalduning goli “Santyago”ga yig‘ilgan muxlislar hurmati durangni taqdim etdi.
Shu tariqa, Ispaniya kubogining amaldagi sohibi musobaqani tark etdi. “Atletiko” esa chorak finalda “Barselona”ga qarshi bahs olib boradi. Har ikkala o‘yin yanvar oyida bo‘lib o‘tadi.
Ispaniya kubogi, nimchorak final, javob o‘yini
“Real Madrid” – “Atletiko” 2:2
Gollar: 0:1 – 1 Torres, 1:1 – 20 Ramos, 1:2 – 46 Torres, 2:2 – 54 Ronaldu.
“Real Madrid” – Navas, Ramos, Karvaxal, Pepe (Varan, 59), Marselo, Isko, Xames (Xese, 72), Beyl, Kroos, Benzema, Ronaldu.
“Atletiko” – Oblak, Xuanfran, Miranda, Godin, Sikeyra, Koke, Suares, Garsiya (Ximenes, 81), Tiagu, Grizmann (Gabi, 73), Torres (Turan, 58).
Ogohlantirishlar: Garsiya (28), Tiagu (49), Godin (52), Ramos (56), Marselo (83), Koke (85), Karvaxal (86), Isko (90).
Birinchi o‘yin: 0:2
Izoh (0)