Toshkent shahar hokimligi majlislar zalida Toshkent shahar va Surxondaryo viloyati hokimliklari tashabbusi bilan “Toshkent — Termiz” videokonferensiyasi o‘tkazildi. Bu haqda “O‘zbekiston ovozi” gazetasiga tayanib, “Kun.uz” xabar bermoqda.
“Mening o‘g‘lim Vatan himoyachisi!” shoiri ostida o‘tkazilgan videomuloqotda Toshkent shahridagi harbiy qismlarda xizmat qilayotgan surxondaryolik, Surxondaryo viloyatida xizmat qilayotgan toshkentlik harbiy xizmatchilar o‘z ota-onalari va yaqinlari bilan “uchrashishga” muvaffaq bo‘ldi.
Izoh (0)