Saudiya Arabistoni terma jamoasi bosh murabbiyi Kosmin Oliriu jamoasining Osiyo kubogi chorak finaliga chiqishiga to‘la ishonmoqda. Bu haqda “Stadion.uz” xabar berdi.
“KXDRga qarshi o‘yinni unutib, faqat O‘zbekiston bilan bo‘ladigan o‘yin haqida o‘ylay boshladik. Bu boshqacha o‘yin bo‘ladi. Boshqacha o‘yin uslubiga ega bo‘lgan boshqacha jamoa. O‘ylaymanki, biz chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritamiz”, − deydi ruminiyalik mutaxassis.
Izoh (0)