Samarqand viloyatida bir necha marta sudlangan erkakning oilasidagi kelishmovchiliklar ayanchli fojia bilan yakunlandi, deb xabar bermoqda “Huquq” gazetasi.
Navbatdagi janjallardan birida o‘g‘il onasining yonini olib otasi bilan tortishganini hazm qila olmagan erkak oshxonadan pichoqni olib unga tashlandi. Xotinining qarshiligi foyda bermadi, u o‘g‘lining bir necha joyiga pichoq sanchib, o‘ldirdi. Keyin esa xotinini ham pichoqlab, umriga zomin bo‘ldi.
Qotil dastlab o‘zini ham o‘ldirmoqchi bo‘ldi, biroq bunday qilolmadi. Ertami-kechmi, jinoyat oshkor bo‘lishini bilgani uchun ota-onasining hovlisiga borib, ularga bo‘lgan voqeani aytib berdi. Sudda guvohlar bu oilada boshidan janjallar ko‘p bo‘lib turganini ma’lum qilgan. Sud hukmiga ko‘ra jinoyatchi uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.
Izoh (0)