O‘zbekistonlik FIFA referisi Ravshan Ermatov Osiyo kubogi−2015’ning yana bir o‘yiniga tayinlandi. U bugun bo‘lib o‘tadigan “C” guruhi vakillari — Qatar va Eron o‘rtasidagi uchrashuvni boshqaradi, deb xabar bermoqda “Stadion.uz”.
O‘yin Toshkent vaqti bilan 14:00 da boshlanadi. Uchrashuv Sidneydagi “Avstraliya” stadionida bo‘lib o‘tadi.
Ravshan Ermatovga qanotlarda Abduhamidullo Rasulov va Bahodir Qo‘chqorov yordam berishadi. Zahira hakami esa malayziyalik Mohd Amirul Izvan. Beshinchi hakam vazifasini singapurlik Jefrey Goh bajaradi.
Izoh (0)