Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov “ishda kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani va zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajara olmagani uchun mamlakatdagi sakkizta qishloq xo‘jaligi tumani (ularning jami soni 53 ta) rahbarlarini lavozimlaridan ozod etdi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Gurbanguli Berdimuhammedov ma’muriyatlar rahbarlari bilan uchrashuv chog‘ida agromajmualar ishining samaradorligini oshirish maqsadida mamlakatdagi viloyat va tumanlar ma’muriyatlarini qayta tashkil etishga ko‘rsatma bergan.
Qayd etilishicha, tumanlar rahbarlari o‘zlariga biriktirilgan hududdagi agrotadbirlar, jumladan chorvachilik xo‘jaliklari rentabelligini oshirish choralari samaradorligi bo‘yicha shaxsan javobgar bo‘ladi.
Izoh (0)