Qozog‘iston parlamentining Senati Qozog‘iston Respublikasi Hukumati va O‘zbekiston Respublikasi Hukumati o‘rtasidagi fuqarolarning o‘zaro kelib-ketish shartlari to‘g‘risidagi bitimga o‘zgartish va qo‘shimchalar kitish to‘g‘risidagi protokolni ratifikatsiya qilish haqidagi qonun loyihasini ma’qulladi, deb xabar bermoqda “Uz24.uz”.
Protokol ikkala mamlakat hududiga kirish, chiqish, tranzit, vaqtinchalik bo‘lib turish huquqini beruvchi hujjatlar ro‘yxatiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishni ko‘zda tutadi. O‘zbekiston fuqarolari Qozog‘iston hududida bo‘lib turishlari uchun yangi diplomatik biometrik pasport va milliy biometrik pasport, shuningdek 16 yoshga to‘lmaganlar uchun shaxsini tasdiqlovchi hujjat kerak bo‘ladi.
Avval O‘zbekiston fuqarolari uchun bolalar fotosuratlari ota-onalarining pasportlariga yopishitirilgan bo‘lsa, endilikda 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun alohida hujjat tayyorlanadigan bo‘ladi.
“Kazaxstanskaya pravda” ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarolari avvalgi ro‘yxatdagi hujjatlar bilan Qozog‘istonga 2015-yil so‘ngigacha kirishlari mumkin bo‘ladi, Qozog‘iston fuqarolari uchun hujjatlar ro‘yxati esa o‘zgarishsiz qolgan.
Izoh (0)