Yangi 2015-yil shou biznesdagi ko‘pgina xonandalarning ijodiy parvozi uchun qulay pallaga o‘xshaydi. Yangi qo‘shiqlar yaratishda tinim bilmay mehnat qilayotganlar qatoriga “Nihol” mukofoti sovrindori, xushovoz xonanda Otabek Mutalxo‘jayevni qo‘shish mumkin, deb xabar beradi “Popcorn.uz”.
Ijodkor shu kunlarda yosh xonanda Xushnud bilan birgalikda so‘zi va musiqasi Siyovush Ramazonovga tegishli bo‘lgan “Xayol” deya nomlangan duet tarona kuyladi.
Ammo mazkur qo‘shiqni keng ommaga havola etishdan avval ijodiy guruhi bilan maslahatlashgan holda unga videoklip ham suratga oldirishni maqsad qildi.
Otabek boshqa san’atkorlar singari duet kuylash uchun nimaga o‘zbek estradasining yorqin yulduzlarini tanlamagani haqidagi savolga u yosh ijodkorni qo‘llab quvvatlash maqsadida bu taklifni qabul qilganini aytdi. Aytib o‘tish joiz, xonandaning ijodida bu yangicha yo‘nalish bo‘ladi.
Ayni damda mazkur duet uchun Shuhrat Mavlonov tomonidan klip tasvirga olinib, syujet qismida yosh aktyor Sharof Sharopov rol ijro etmoqda. Klipning tasvirga olish jarayonlari ikki kun davom etadi va montaj ishlari ham tez kunda yakunlanadi.
Izoh (0)