“O‘zbekenergo”ning ba’zi (VMning 2004-yil 5-fevraldagi 57-son qarori 5-ilovasiga kiritilgan) korxonalariga nisbatan shartnomaviy hajmlardan ortiqcha olingan gaz qiymatiga oshiriladigan koeffitsiyent qo‘llash bekor qilindi. Bu Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31 dekabridagi qarorida belgilab qo‘yilgan, deb xabar bermoqda “Kun.uz”.
Qarorda qayd etilishicha, 2012−2013-yillar uchun shartnomaviy hajmlardan ortiqcha yetkazib berilgan tabiiy gaz qiymatiga 2 koeffitsiyentdan foydalangan holda “O‘zbekenergo” issiqlik elektr stansiyalarigaga ilgari qo‘llanilgan oshirilgan to‘lovlarni hisobga olmasdan o‘zaro hisob-kitoblar qayta hisoblab chiqiladi.
O‘z navbatida, “O‘zbekenergo” va “O‘zbekneftgaz”ga Vazirlar Mahkamasining ushbu qaroriga muvofiq buxgalteriya hisobi va hisobotiga belgilangan tartibda tegishli o‘zgartirishlar kiritish haqida ko‘rsatma berilgan.
Hujjatda qayd etilishicha, ushbu qaror “O‘zbekenergo”ning issiqlik elektr stansiyalarini “barqaror moliyaviy holatda saqlash, respublika iste’molchilarining elektr energiyaga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlash, yetkazib berilgan gaz uchun o‘zaro hisob-kitoblarni tartibga solish maqsadida” qabul qilingan.
Izoh (0)