O‘zbekiston Respublikasi bojxona qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartirishlarga binoan, 2015-yil 1-yanvardan boshlab xorijiy pochta xizmatlari oraqli yetkazib berilayotgan barcha tovarlarga bojxona to‘lovi joriy etiladi. Ushbu o‘zgarish“O‘zbekiston pochtasi” xizmatiga taalluqli emas. Bu haqda BM Store internet-do‘koni press-relizida ma’lum qilingan.
2015-yil 6-yanvar kuni O‘zbekiston Davlat Bojxona qo‘mitasining “Boshpochtamt” bojxona posti tomonidan pochta kompaniyalari vakolatxonalariga muqobil pochta xizmatlari (DHL, FedEx, UPS va boshqalar) ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasiga tovar olib kirish me’yorlari haqidagi hujjat faoliyati to‘xatilganini ma’lum qilgan. Bunga muqobil pochta xizmatlari kuryerlik sifatida hisoblanib, kuryerlik jo‘natmalari pochta xizmati hisoblanmasligi bilan izohlangan.
Shu munosabat bilan, BMStore.com internet-do‘koniga O‘zbekistonga DHL xizmati orqali jo‘natilgan buyurtmalar kechikishi mumkinligi mijozlarga ma’lum qilingan. Al Bait Al Mamoor Electronics Tranding LLC kompaniyasi hozirda bu masala yuzasidan DHL bilan muzokaralar olib borayotgani qayd etilgan.
Izoh (0)