Andijon viloyati Shahrixon tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro boshqaruvidagi Damas avtomashinasiga bir kishi yo‘lovchi sifatida o‘tirdi. Bu haqda O‘zbekiston IIVning “Postda” gazetasiga tayanib, “Kun.uz” xabar beradi.
Yo‘lovchi sifatida o‘tirgan bu noma’lum kimsa haydovchining ko‘zini shamg‘alat qilib, uning 590 ming so‘m pulini olib tushib ketdi.
“Jabrlanuvchining murojaati asosida chora-tadbirlar ko‘rgan ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan Asaka tumanida yashovchi bir fuqaro mazkur jinoyatni sodir etganlikda gumon qilinib, qo‘lga olindi”, — deyiladi gazeta xabarida.
Qayd etishlaricha, Asaka tumanida istiqomat qiluvchi bu fuqaroning xatti-harakatlariga endi tergov jarayonida oydinlik kiritiladi.
Izoh (0)