2014-yilning yoz fasli boshlarida Namangan viloyatidagi Chust tibbiyot kollejida ishlagan ayolga bir tanish ayol qo‘ng‘iroq qilib, bir tanishining uch nafar jiyani kollejga kirmoqchiligini va buning orqasidan yaxshigina pul ishlab olish mumkinligini aytdi, deb xabar bermoqda “Huquq” gazetasi.
Kollej xodimasi bu taklifni o‘ylab bo‘lguncha tanishi pulni olib uning oldiga keldi. U 1000 dollarni olib, hali sumkasiga joylab ulgurmagan vaqtda qarshisidan huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari chiqdi.
Keyinroq ma’lum bo‘lishicha, kollej xodimasining tanishi “mijoz”ga jiyanlarini 1200 dollar evaziga o‘qishga kiritib qo‘yishni va‘da bergan, bir necha kun oldin 200 dollarni olayotgan paytda qo‘lga tushgan. Ushbu jinoyatga tegishli jazo berilgani ma’lum qilingan.
Izoh (0)