Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” guruhi a’zolaridan biri 2014-yil 14-dekabr kuni Toshkent shahrining Mustaqillik ko‘chasida 150 kilometr/soat tezlikda harakatlangani uchun jarimaga tortilgani haqida ma’lum qildi.
Foydalanuvchining so‘zlariga ko‘ra, u haydovchilik guvohnomasini bu voqeagacha oldirib bo‘lgan. Bir kundan keyin haydovchi yo‘lning 50 km/soatdan ortiq tezlikda harakatlanish mumkin bo‘lmagan qismida 64 km/soat tezlikda harakatlangani uchun yana nazoratchi tomonidan to‘xtatilgan. Haydovchi ketma-ket ikki marta tezlik oshirilishi qancha jarimaga tortilishi haqida guruh a’zolaridan so‘ragan.
Haydovchining 150 km/soatda harakatlangani keskin tanqid qilingan. Jumladan, izoh qoldirganlarning aksariyati vaziyatdan chiqish yo‘llarini qidirish o‘rniga ushbu qilmish uchun jarimani to‘lash lozimligini eslatgan. Ba’zi foydalanuvchilar esa shahar markazida 150 km/soat tezlikda yurgani uchun haydovchiga qattiqroq jazo qo‘llash, masalan haydovchilik guvohnomasidan butunlay mahrum qilish lozimligini qayd etgan. Shaharda bunday tezlikda harakatlanish boshqa avtomobillar va piyodalar uchun qanchalik xavfliligi ta’kidlanib, bu harakat uchun katta miqdordagi jarima to‘lanishi va ikki yil muddatga transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilinishi belgilanganini aytishgan.
Izoh (0)