Qatarning Doha shahrida og‘ir atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan Osiyo chempionatida o‘zbekistonlik yosh sportchilar 3 ta kumush va 3 ta bronza medalni qo‘lga kiritishdi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi xabar qildi.
Nufuzli musobaqa g‘olib va sovrindorlarini Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi vakillari, sport jamoatchiligi, ommaviy axborot vositalari xodimlari kutib oldi.
Osiyo chempionatida dunyoning yigirmaga yaqin davlatidan 200 nafardan ziyod sportchi ishtirok etdi. Unda Vatanimiz sharafini himoya qilgan Sunnatilla Shokirjonov, Farhod Sobirov, Azimjon G‘aniyev kabi sportchilar g‘olib va sovrindorlar qatoridan joy olishdi.
Izoh (0)