Navoiy kon-metallurgiya kombinati uran ishlab chiqarish bo‘limi yillik davlat topshirig‘ini 2014-yil tugashiga 10 kun qolganda bajarib bo‘ldi. Bu haqda Navoiy KMK boshqarmasining uran ishlab chiqarish bo‘yicha texnologik bo‘limi rahbari Anvarjon Saparov ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “12news.uz”.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 2014-yilda uran qazib chiqarish hajmi 2,6 foizga oshgan. So‘nggi 10 yilda ushbu mahsulotni ishlab chiqarish har yili o‘sib borayotgani qayd etilgan. Jumladan, 2014-yilda qazib olingan uran 2008-yildagi ko‘rsatkichdan 145 foizga ko‘p bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, Navoiy kon-metallurgiya kombinati O‘zbekistonda uran qazib chiqarish bilan shug‘ullanuvchi yagona operator hisoblanadi.
Izoh (0)