O‘zbekistonlik to‘rt nafar yosh olimga BMT shafeligida faoliyat ko‘rsatadigan Rivojlanayotgan mamlakatlar xalqaro fanlar akademiyasi (TWAS) sovrini topshirildi, deb xabar bermoqda “12news.uz”.
Ulardan uch nafari fan nomzodlari va katta ilmiy xodimlar ekanligi qayd etilgan. Kimyo yo‘nalishida Umumiy va noorganik kimyo institutidan Xayrulla Boboqulov zamonaviy samarali mineral o‘g‘itlarni ishlab chiqishga qo‘shgan hissasi uchun, fizika yo‘nalishida Yadro fizikasi institutidan Ahmadjon Abdujabborov tortishish nazariyasi bo‘yicha izlanishlari uchun, astronomiya yo‘nalishida Ulug‘bek nomidagi Astronomiya institutidan Yusufjon Tillayev astroiqlim bo‘yicha tadqiqotlari uchun sovringa loyiq deb topilgan.
Shuningdek, biologiya sohasida joriy yilda doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan Immunologiya instituti xodimi Tatyana Xegayga ham mukofot topshirildi.
Izoh (0)