Uganda davlatidan Kongo Demokratik Respublikasining Puent-Nuar shahriga yo‘l olgan samolyot halokatga uchradi, deb xabar bermoqda “Segodnya.ua”.
Samolyot yo‘lda Burundi poytaxti Bujumbura shahri aeroportiga qo‘nib, yoqlig‘i to‘ldirib olgan. Samolyot qayta havoga ko‘tarilganidan to‘rt daqiqa o‘tib Kongo Demokratik Respublikasi hududida toqqa borib urilgan.
Samolyot bortida bo‘lgan olti nafar uchuvchidan iborat ekipajning barchasi halok bo‘lgan. Bortda ulardan boshqa yo‘lovchilar bor yoki yo‘qligi haqida ma’lumot hozircha mavjud emas.
Izoh (0)