Xitoy hukumati mamlakat hududida Google korporatsiyasining Gmail pochta xizmatini bloklab qo‘ydi. Bu haqda Reuters’ga asoslanib “TASS” xabar bermoqda.
GreatFire.org tashkiloti vakilining so‘zlariga ko‘ra, Xitoy bu harakati bilan shunchaki Google kompaniyasining mamlakatdagi faoliyatini yo‘qotishga qaratilgan ishlarini davom ettirmoqda.Pekin shu usul bilan Gmail’ning xitoylik foydalanuvchilarini boshqa pochta xizmatlariga o‘tishiga erishmoqchi ekanligi qayd etilgan.
Izoh (0)