Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen Inga suiqasd uyushtirilishi haqidagi mojarolarga sabab bo‘lgan “Intervyu” komediyasi to‘rt kun ichida internetdagi namoyishi davomida 15 million dollar yig‘di, deb xabar beradi “Kun.uz” “Vesti.ru” axborotiga tayanib.
Mazkur filmni hozirga qadar ma’lum haq evaziga 2 millionga yaqin foydalanuvchi ko‘chirib oldi. Bu filmning bir qator kinoteatrlarda namoyish etilishi orqasidan yana 3 million dollar ishlab olindi.
“Biz bu filmni Rojdestvo bayramiga chiqarishga harakat qildik. Bu o‘ziga yarasha chaqiruv bo‘ldi va biz bunga erishganimizdan mamnunmiz”, — deb aytib o‘tdi Sony Pictures rahbarlaridan biri Rori Bryuyer.
Ma’lumot uchun, film avvalboshi 25-dekabr kuni katta ekranga chiqarilishi mo‘ljallangan edi. U AQShning 3000 ga yaqin kinoteatrida namoyish qilinishi kerak edi, deb axborot beradi “RIA Novosti”.
Bundan bir necha kun avval Sony Pictures kompaniyasi xakerlarning hujumiga uchradi. AQSh hukumati bunda Pxenyanni ayblab, bunday harakatlar milliy xavfsizlikka tahdid solishi haqida aytib o‘tdi. Pxenyan esa Vashington qo‘ygan ayblovlarni inkor etdi.
Xavfsizlik nuqtai nazaridan, Sony Pictures bu filmning katta ekranlarga chiqishini to‘xtatib qo‘ydi, biroq AQShning bir necha kinoteatri bu filmni namoyish etish fikridan qaytmay, uni o‘z ekranlarida namoyish qilmoqda.
Izoh (0)