Andijon viloyati Jalolquduq tumani Ichki ishlar bo‘limining navbatchi qismiga shu tumanda yashovchi ayolning uyiga bosqinchilik uyushtirilgani haqida xabar kelib tushdi, deb xabar bermoqda “Na postu” gazetasi.
Ayolning uyiga bostirib kirgan noma’lum shaxs undan barcha jamg‘armalarini berishni talab qilgan. Ayol qarshilik ko‘rsatgach, jinoyatchi unga tashlangan va yerga yotqizib bo‘g‘a boshlagan.
Biroq ayolning qichqiriqlarini eshitgan qo‘shnilar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar bergan. Jinoyatchi ham shovqin ko‘payib ketganini fahmlab, qonun himoyachilari bilan yuzma-yuz kelishdan hayiqib juftakni rostlagan. Voqea joyiga yetib kelgan tezkor guruh jinoyatchini izlab topdi. U shu tumanda yashovchi 21 yoshli yigit ekanligi ma’lum bo‘ldi.
Izoh (0)