O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Toshkent” telekanalida 25-dekabr kuni soat 21:00 da “Yordamga muhtoj ‘Tez yordam’” nomli ko‘rsatuv efirga uzatildi. Bu haqda “Daryo”ga telekanaldagi manba xabar berdi.
Ko‘rsatuvda sog‘liqni saqlash tizimida yaratilgan imkoniyatlardan oqilona foydalanish o‘rniga tibbiyot xodimlarining vazifa va burchlarini suiste’mol qilishi holatlari tanqid ostiga olingan.
“Toshkent” teleradiokanali xodimlari tomonidan tayyorlangan ushbu ko‘rsatuv bugun, 26-dekabr kuni soat 21:40 da “O‘zbekiston” telekanali orqali ham efirga uzatilishi ko‘zda tutilgan.
Izoh (0)