O‘zbekistonlik tennischi Sabina Sharipova Turkiyaning Istanbul shahrida davom etayotgan “Fyuchers” turkumidagi turnirning juftliklar musobaqasida ham mag‘lubiyat alamini totib ko‘rdi va turnirni muddatidan avval tark etdi, deb xabar beradi “Olamsport”.
Eslatib o‘tamiz, Sabina avvalroq xorvatiyalik tennischiga qarshi kechgan yakkalik bahsida mag‘lubiyatga uchrab, tomoshabinlar safidan joy olgan edi.
Turkiyalik Basak Eraydin bilan ikkinchi raqamli juftlikni hosil qilgan Sabina va uning dugonasi final chiptasi uchun kechgan yarim final uchrashuvida turnirning to‘rtinchi raqamli tandemi hisoblangan turkiyalik tennischilar — Ayla Aksu hamda Ipek Soylu juftligiga 6:7, 3:6 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Izoh (0)