O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tizimida 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni oldidan turli xil ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, tanlovlar o‘tkazilmoqda. “Mening armiyam — mening faxrim” deb nomlangan tanlov ham ana shular jumlasidandir, deb xabar beradi Mudofaa vazirligi Ma’naviyat va Ma’rifat markazi yetakchi mutaxassisi Feruza Fuzaylova.
Ushbu ko‘rik tanlov Mudofaa vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, O‘zbekiston badiiy akademiyasi, “Kamolot” YoIH hamkorligida tashkil etilmoqda. Unda harbiy xizmatchilar, ularning oila a’zolari, umumta’lim maktablari o‘quvchilari va mahalliy aholi vakillari rasm chizish, foto, plakat tayyorlash, biser va toshlar bilan bezatish hamda boshqa bir qator xalq amaliy san’ati turlari bo‘yicha o‘z ijodiy ishlari bilan qatnashishi mumkin.
Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lganlar o‘z ijodiy ishlarini kerakli ma’lumotlarni ilova qilgan holda Mirzo Ulug‘bek tumani, Mirzo Ulug‘bek shoh ko‘chasi, 98 manzilida joylashgan Qurolli Kuchlar davlat muzeyiga yuborishi mumkin.
Ishtirokchilar hаvaskor va professional bo‘lishi, yakka va jamoaviy tartibda qatnashishi mumkin. G‘oliblarni taqdirlash marosimi Vatan himoyachilari kuni arafasida bo‘lib o‘tadi. Tanlov ishtirokchilari tomonidan taqdim etilgan ishlar Qurolli kuchlar davlat muzeyi, Toshkent fotosuratlar uyi va O‘zbekiston badiiy akademiyasi ko‘rgazma zallarida namoyishga qo‘yiladi.
Izoh (0)