Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev viloyatlarga kirish joylaridagi bannerlarga o‘zining portreti o‘rniga aholining ish bilan ta’minlangani to‘g‘risidagi ma’lumotlarni joylashtirishni talab qildi, deb xabar bermoqda “Tengrinews.kz”.
“Qozog‘istonda yiliga olti foizlik iqtisodiy o‘sishni ta’minlash uchun har yili 10 mingta ish o‘rni yaratilishi lozim va buni barcha yodda saqlasin. Viloyatlarga kirsh joylaridagi bannerlarga mening portretlarimni emas, balki so‘nggi oyda, so‘nggi chorakda yaratilgan ish o‘rinlari soni haqidagi ma’lumotlarni joylashtirish lozim. Men shuni talab qilaman. OAV ham nechta va qanaqa ish o‘rinlari yaratilganini ko‘rsatsin”, − dedi Nazarboyev.
Qayd etilishicha, Nazarboyev chiqish qilgan tadbirda turli viloyatlardagi 15 ta loyiha onlayn rejimda tantanali ravishda foydalanishga topshirilgan.
Izoh (0)