Malayziya bosh vaziri Najib Abdul Razoqning Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasi obunachilari mamlakat aholisi suv toshqini keltirib chiqargan vayrongarchilikdan aziyat chekayotgan bir vaqtda dam olish kunini AQSh prezidenti Barak Obama bilan golf o‘ynab o‘tkazgani uchun amaldorni tanqid ostiga oldi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Malayziya matbuoti xabarlariga ko‘ra, suv toshqini natijasida 91 mingdan ortiq kishi o‘z uylarini tashlab ketishga majbur bo‘lgan. Mamlakat bosh vaziri o‘zining Facebook’dagi sahifasi orqali o‘rinbosariga tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalarni berganini ma’lum qilgach, ushbu xabarning qizg‘in muhokamasi boshlanib ketgan.
Qoldirilgan izohlarning aksariyati bosh vazirni Obama bilan golf o‘ynagani uchun tanqid qilishga bag‘ishlani qayd etilgan. Foydalanuvchilar bosh vazirga u katta siyosiy xatoga yo‘l qo‘ygani va xalqi buni hech qachon unutmasligini ma’lum qilgan.
Izoh (0)