Rossiya tergov qo‘mitasi o‘z rasmiy saytida o‘z harbiy qismidan ixtiyoriy ravishda chiqib Rossiya Federatsiyasi hududiga o‘tgani aytilgan ukrainalik harbiy xizmatchining ko‘rsatmalarini e’lon qildi.
Xabarda aytilishicha, “guvohning ko‘rsatmalaridan MH-17 reysi bilan uchayotgan Boeing-777 fuqaro samolyoti joriy yilning 17-iyul kuni Ukraina harbiy havo kuchlari kapitani Voloshin boshqaruvidagi Su-25 jangovar samolyotidan urib tushirilgan bo‘lishi mumkin”.
Guvoh o‘zi ishlagan Dnepropetrovsk aeroportida Su-25 samolyotiga o‘sha kuni R-60 turidagi “havo-havo” raketalari ortilgani, samolyot qaytib kelganda esa raketalar bortda bo‘lmaganini ko‘rganini ma’lum qilgan. Shuningdek, u uchuvchi Voloshinning “samolyot kerak bo‘lmagan vaqtda kerak bo‘lmagan joyga kelib qolgani”ni aytganini qayd etgan.
Rossiya tergov qo‘mitasi ushbu ko‘rsatmalar bu boradagi yagona emas, balki bir necha dalillardan biri ekanligini ta’kidlagan. Guvohga davlat himoyasi taqdim qilinishi mumkinligi ham aytilgan. Shuningdek, xalqaro komissiyada ehtiyoj bo‘lsa tegishli materiallar berilishi mumkinligi ham qayd etilgan.
Izoh (0)