“Surxon yoshlari” gazetasida faoliyat olib boruvchi Sirojiddin Ibrohim to‘qqiz yillik maktab shahodatnomasi bilan shoir va jurnalist degan maqomga loyiq topildi, deb xabar berdi “Daryo” mushtariyi Akrom Malik.
Endigina 21 yoshni qoralagan jussasi ixcham yigitning jurnalist degan diplomi u yoqda tursin, kollejni tamomlaganligi haqidagi hujjati ham yo‘q. Shunga qaramay, u 2014-yil O‘zbekiston Respublikasining eng nufuzli davlat va nodavlat tashkilotlari ta’sis etgan “Yilning eng faol yosh jurnalisti” tanlovining matbuot yo‘nalishi bo‘yicha birinchi o‘ringa munosib deb topildi.
Mushtariyning qayd etishicha, adabiyot yangiliklaridan yaxshi xabardor bo‘lgan Sirojiddin Ibrohim ko‘p kitob o‘qiydi. Uning o‘ziga yarasha bilimi bor.
Hayot universitetida ta’lim olayotgan bu yigit hozirda o‘zining o‘tkir qalami bilan o‘z qishlog‘i, odamlarga ozor bergan nohaqliklar, go‘zal fazilatlar haqida yozmoqda.
Izoh (0)