O‘zbekistonda 2015-yilda 156 ta investitsiya loyihasi bo‘yicha 3,534 milliard dollarlik xorijiy investitsiya o‘zlashtirilishi rejalashtirilmoqda, deb xabar berdi “Gazeta.uz”.
O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov qarori bilan tasdiqlangan investitsiya dasturiga muvofiq, ko‘rsatilgan hajmda 76 loyiha bo‘yicha 965 million dollar davlat kafolati ostidagi xorijiy kreditlar, 80 loyiha bo‘yicha 2,569 milliard dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hisobidan o‘zlashtirish ko‘zda tutilgan.
Eng katta hajmdagi xorijiy investitsiyalar − 2,299 milliard dollar miqdorida 35 loyiha bo‘yicha issiqlik-energetika sohasida o‘zlashtirish rejalashtirilgan. Bundan xorijiy kompaniyalarning 2,071 milliard dollarlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalari neft-gaz sohasidagi 15 ta loyihaga yo‘naltirilishi ko‘zda tutilmoqda.
Jumladan, Kogas boshchiligadagi koreys kompaniyalari konsorsiumi, Xitoyning CNPC kompaniyasi, Rossiyaning “Lukoyl” kompaniyasi amalga oshirilayotgan loyihalar inobatga olingan.
Izoh (0)