Joriy yilning 19-dekabr kuni Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti rahbariyati hamda “Global ilmiy to‘plamlar” nashrlari Markazi (AQSh) direktori, Nyu-York Davlat Universiteti professori Parviz Morvij o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda institut axborot xizmati ma’lum qildi.
Uchrashuv davomida Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti hamda “Global ilmiy to‘plamlar” nashrlari Markazi o‘rtasida fuqarolik jamiyati shakllanishi muammolarini o‘rganish sohasida dastur, loyihalarni amalga oshirish, nazariy va amaliy tadbirlarni tashkillashtirish yuzasidan o‘zaro hamkorlik Kelishuvi imzolandi
Shu bilan birga 2015-yilda Institut tomonidan tashkil etiladigan xalqaro tadbirlarda amerikalik ekspertlarning ishtiroki, Institut xodimlarining tajriba o‘rganishi uchun xizmat safarlari hamda seminar-treninglar tashkil etish, fuqarolik jamiyatini o‘rganish uslubiyati bo‘yicha adabiyotlar almashish masalalari muhokama qilindi.
Izoh (0)