Polshada yopiq inshootda 100 yoshdan oshgan qariyalar o‘rtasida 60 metrga yugurish bo‘yicha mamlakat chempionati bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Stadion.uz”.
Yanada qiziqarlisi, ushbu turnirda 104 yoshli Stanislav Kovalski yangi jahon rekordi bilan birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Veteranning qayd etgan natijasi yomon emas – 19,72 soniya! Avvalgi rekord amerikalik Everett Xosak tegishli bo‘lib, Xosak 2002-yili 27,29 soniyada masofani bosib o‘tgandi.
Izoh (0)