Xitoy politsiyasi tomonidan o‘tkazilgan ikki oylik reyd davomida 30 mingdan ortiq odam qimor o‘ynash va pornografik videolarni ko‘rishda ayblanib qamoqqa olindi, deb xabar bermoqda “Korrespondent.net”.
Reuters ma’lumotlariga ko‘ra, 15-dekabr holatida faqatgina mamlakat janubidagi Guandun provinsiyasining o‘zida 3014 kishi qamalgan, yana 8000 dan ortiq kishi hibsga olingan. Xueychjou shahar okrugida taqiqlangan qimor o‘yinlarining onlayn turlari aniqlangan. Noqonuniy faoliyat tufayli 30 million yuan (taxminan 4,82 million dollar) miqdorida mablag‘ aylangan.
Qayd etilishicha, Xitoy hukumati joriy yilning aprel oyida internetda pornografik xarakterga ega saytlarga qarshi kurashish kampaniyasini boshlagan. Oy oxiriga borib 110 ta sayt yopilib, Weibo ijtimoiy tarmog‘idagi 3000 ta sahifa yo‘q qilingan.
Izoh (0)