Xitoy Rossiyaga so‘nggi vaqtlarda mamlakat duch kelgan iqtisodiy qiyinchiliklarni yengib o‘tishda yordam berishga tayyor. Bu haqda Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Segodnya.ua”.
“Rossiya tomoniga zarur bo‘lsa, biz o‘z imkoniyatlarimiz doirasida kerakli yordamni ta’minlaymiz. Rossiyada iqtisodiy vaziyatdagi mavjud qiyinchiliklarni yengib o‘tish uchun qobiliyat va oqillik mavjud”, − dedi Xitoy tashqi ishlar vaziri.
Xitoylik ekspertlar Rossiyadagi iqtisodiy vaziyat yomonlashishini taxmin qilmoqda. Jumladan, Rossiya iqtisodiyoti uchun eng og‘ir davr endigina boshlangani va kelasi uch yilda jiddiy qiyinchiliklarga duch kelishi mumkinligi qayd etilgan.
Izoh (0)