Qozog‘istonning Ostona shahridagi “Dualet” sport majmuasida APB (AIBA Pro Boxing) turniri doirasida 60 kilogramm vazn toifasidagi 3-turdan o‘rin olgan janglar bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Olamsport”.
Ma’lumki, ushbu turnirda 2016 yili Rio-de-Janeyroda bo‘lib o‘tadigan Olimpiya o‘yinlarining yo‘llanmalari o‘ynalyapti.
O‘zbekiston vakili Xurshid Tojiboyev o‘zining uchinchi jangida Osiyo o‘yinlari vitse-chempioni filippinlik Charli Suaresga qarshi ringga ko‘tarildi. O‘ta murakkab kechgan bahs yakunida Tojiboyev raqibidan 2:1 hisobida ustun keldi. Final janglari 30-yanvarga belgilangan.
Izoh (0)