Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston hukumati Fuqaro aviatsiyasi havo kemalarining parvoz xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha davlat dasturini tasdiqladi, deya xabar bermoqda “Podrobno.uz”.

Foto: airlines.net

Foto: airlines.net

Hujjatga muvofiq, O‘zbekistonda fuqaro aviatsiyasi havo kemasi bilan ro‘y bergan aviatsiya bilan bog‘liq har bir hodisa majburiy tarzda tergov qilinadi. Tergov ishlari O‘zbekiston Respublikasi parvozlar xavfsizligini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.

Aviahodisalar oldini olish va ishda tizimlilikni ta’minlash maqsadida endi maxsus parvozlar xavfsizligi kunlari tashkil qilinadi. Ular xizmat ko‘rsatuvchilar tomonidan bir oyda kamida bir marta, Davavianazorat tomonidan esa bir yilda bir marta o‘tkaziladi.

Fuqarolik aviatsiyasida taqvim yili uchun xavfsizlik darajasining quyidagi ko‘rsatkichlari belgilandi:

— havo kemalaridan foydalanuvchilarga 100 ming soat parvoz vaqti uchun qurbonlardan iborat ko‘pi bilan 0,5 ta aviatsiya hodisasi, qurbonlarsiz ko‘pi bilan 1 ta aviatsiya hodisasi va havo kemalarida ko‘pi bilan 50 ta aviatsiya bilan bog‘liq voqealar;

— havo kemalariga texnik xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar uchun 100 ming soat parvoz vaqtida havo kemalarida ko‘pi bilan 50 ta aviatsiya bilan bog‘liq voqealar va boshqalar.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Saudiyalik tadbirkor O‘zbekistonda avtomashina ehtiyot qismlari ishlab chiqarishga sarmoya kiritadi 
Mahalliy
1000 dollar oylik olayotgan oʻqituvchilar, 1 mln nafardan oshgan talabalar, yangi qurilgan 27 ta TTJ — oliy taʼlim vaziri oʻrinbosari Komiljon Karimov bilan ekskly...
Mahalliy
Toshkentda 3 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi