Farg‘ona shahar markaziy dehqon bozori kapital rekonstruksiya qilinib, foydalanishga topshirildi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi.
Farg‘ona shahar Markaziy dehqon bozorida zamonaviy shaharsozlik me’yorlari asosida keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari olib borildi. Ochiq qishloq xo‘jaligi mahsulotlari rastalari, go‘sht, issiq non, oziq-ovqat mahsulotlari kabi yopiq pavilyonlar qurilib, sotuvchi va xaridorlar uchun barcha sharoitlar yaratildi. 1,5 ming tonna hajmdagi sovutgich ishga tushirildi.
Avtomashinalar to‘xtash joyi, xizmat ko‘rsatish va servis shoxobchalari bozor faoliyatini zamonaviy asosda yo‘lga qo‘yish imkonini yaratdi.
Bozorning ochilish marosimida Farg‘ona viloyati hokimi Sh.G‘aniyev so‘zga chiqdi.
Izoh (0)