Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Avstraliyaning Kvinslend shtati politsiyasi Kerns shahrida sakkiz nafar bolani o‘ldirganlikda gumon qilib, 37 yoshli ayolni qo‘lga oldi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.

Foto: “TASS”

Foto: “TASS”

Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, hibsga olingan ayol marhum bolalarning onasidir.

Eslatib o‘tamiz, Kernsdagi uylardan birida sakkiz nafar bolaning jasadi topilgan edi. Ularning barchasi so‘yib tashlangan. Qurbonlarni 1,5 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar tashkil etadi. Keyinroq ma’lum bo‘lishicha, ularning yetti nafari aka-uka va opa-singillar, yana biri esa ularning qarindoshi bo‘lgan.

Bundan tashqari, kasalxonaga pichoq orqali yetkazilgan jarohatlar bilan 37 yoshli ayol — yetti nafar marhumning onasi ham keltirilgan. Aynan u qotillikda gumon qilinib, hibsga olindi va hozirda politsiya tomonidan so‘roq qilinmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiya va Suriyadagi zilzilada halok bo‘lganlar soni 9 mingdan oshdi
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Toshkent yerusti metrosining qurilish ishlari bilan tanishdi 
Mahalliy
Mudofaa vazirligida qator tayinlovlar amalga oshirildi