Janubiy Qozog‘iston viloyatidagi “B. Konisboyev” nazorat-o‘tkazish punktida O‘zbekistonga 1162 ta akvarium balig‘ini olib o‘tishga uringan 35 yoshli Qozog‘iston fuqarosi qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda “Interfaks”.
Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi chegara xizmati matbuot markazi xabariga ko‘ra, qo‘lga olingan shaxs baliqchalarni suv bilan polietilen paketlarga solib, ularni ikkita katta sumkaga joylashtirgan va O‘zbekistonga piyoda yo‘l olgan.
Hodisa haqida huquqni muhofaza qilish organlari xabardor qilingan va surishtiruv ishlari boshlab yuborilgan.
Izoh (0)