Rossiyaning Astraxan shahridagi Davlat filarmoniyasida 16-dekabr kuni “Xalqlar do‘stligi” nomi ostidagi xalqaro madaniy festival o‘tkazildi. Bu haqda “12news.uz” nashriga tayanib, “Kun” xabar bermoqda.
Astraxan shahar dumasi va Astraxan viloyati Milliy madaniyat markazi tomonidan tashkillashtirilgan tadbirning asosiy qismi sahnada o‘zbek milliy kiyimlari ko‘rgazmasi va “O‘zbegim” raqs ansambli raqqosasi Zarnigor Jahonaliyevaning chiqishlari bilan o‘tdi.
“Bunday tadbirlarni muntazam o‘tkazib turishimiz kerak, bu orqali xalqlar o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni mustahkamlash mumkin. Shuningdek, o‘z milliy qadriyatlarimizni targ‘ib qilishda ham bunday chiqishlar muhim rol o‘ynaydi”, — deydi “O‘zbekiston” milliy madaniy jamiyati rahbari Bahodir Aminov.
Izoh (0)