Eng yirik aloqa operatori Beeline Roman Barannikov moliya direktori etib tayinlangani haqida xabar beradi.
“Beeline tarmog‘ini zamonaviylashtirish kelajakdagi samarali biznes jarayonlarini qurishda yordam beradigan yirik puxta rejalashtirilgan sarmoyalarni talab qiladi. Ishonaman, Romanning ko‘p yillik tajribasi va kasbiy bilimlari kompaniya va abonentlar manfaatlari uchun rivojlanishning innovatsion strategiyasini amalga oshiruvchi vazifalarni muvaffaqiyatli yechishga yordam beradi”, — dedi Unitel MChJ Bosh direktori Aleksandr Vorobyov.
“Men ochiq, ishonchli va tez rivojlanuvchi kompaniya barpo etilishida o‘z hissamni qo‘shish uchun katta shijoat bilan ish boshlamoqdaman”, — deb qayd etdi Roman Barannikov.
Roman Barannikov 1973-yilning 3-dekabr kuni tavallud topgan. N.E. Baumen nomidagi Moskva davlat texnik universitetini 1997-yil tamomlab, birinchi oliy ma’lumotini texnika sohasida olgan. Keyin esa u o‘z o‘qishini iqtisod va moliya sohasida davom ettirgan.
Roman Barannikovning moliya sohasidagi tajribasi 17 yildan ziyod muddat davomida to‘plangan.
Izoh (0)