Jizzaxda O‘zbekiston xalq shoiri Zulfiya tavalludining 100 yilligiga bag‘ishlangan “Sajdagohim tanho Vatan” deb nomlangan adabiyot bayrami bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi O‘zbekiston Milliy axborot agentligi.
Prezident Islom Karimovning 2014-yil 31-oktabrdagi “O‘zbekiston xalq shoiri Zulfiya tavalludining 100 yilligini nishonlash to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida viloyat hokimligi, viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda poytaxtdan kelgan taniqli ijodkorlar, adabiyotshunos olimlar ishtirokida uchrashuvlar, adabiy-badiiy anjumanlar o‘tkazildi.
Adabiyot bayrami doirasida Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika va Jizzax politexnika institutlarida Zulfiya hayoti va ijodiga bag‘ishlangan adabiy-badiiy anjumanlar o‘tkazildi. Bunday tadbirlar umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida ham tashkil etilmoqda.
Tadbirda Jizzax viloyati hokimi S. Ismoilov so‘zga chiqdi.
Izoh (0)