AQShning General Motors kompaniyasi avtomobillarining o‘t oldirish tizimidagi nosozlik tufayli sodir bo‘lgan avariyalarda kamida 42 kishi halok bo‘lgani va 58 kishi jarohat olgani ma’lum qilindi, deb xabar bermoqda “Interfaks”.
GM tomonidan jabrlanuvchilarga tovon pullarini to‘lash uchun yollangan advokat Kennet Faynbergning so‘zlariga ko‘ra, avgust oyidan beri o‘lim ehtimoli bo‘yicha tovon uchun 251 ta, mayiblik ehtimoli bo‘yicha tovon uchun 2705 ta ariza qabul qilgan. Hozirgacha ulardan 100 tasi o‘rinli deb topilgan. Shikoyatlar 2015-yil 31-yanvargacha qabul qilinadi.
Qayd etilishicha, GM 10 yil mobaynida Chevrolet Cobalt va boshqa avtomobillarining o‘t oldirish tizimidagi nosozliklardan xabardor bo‘lgan. Biroq ularni 2014-yil fevralidagina qaytarib olishni boshlagan. Bunday nosozlik ko‘pincha avtomobilning to‘satdan o‘chib qolishiga, boshqaruv tizimi va xavfsizlik yostig‘i ishlamay qolishiga sabab bo‘lgan.
Izoh (0)